Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yashar yigit sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirdi

16 yashar yigit sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyatida onasini o‘ldirgan 16 yoshli yigit va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi  qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 31-iyul kuni soat 21:00 larda 2006 yilda tug‘ilgan bola yashash xonadonida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan tanishlarini uyiga yordamlashish uchun chaqirgan.

Shu vaqt u jinoiy sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirib murdani yashash uyining yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar protsessual tartibida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring