Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida «Damas» va «Isuzu» to‘qnashuvidan to‘rt kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida «Damas» va «Isuzu» to‘qnashuvidan to‘rt kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 2-iyun kuni mudhish yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi A.B. o‘zining boshqaruvidagi «Isuzu» yuk avtomashinasi bilan «Ohangaron-Bo‘ka-Guliston» yo‘lining 71-kilometrida harakatlanayotib, yo‘lning chap tomoniga burilayotgan «Damas» avtomashinasining chap yon tomoniga borib urilgan.

Natijada «Damas» avtomashinasining bir nafar  yo‘lovchisi voqea joyida, uch nafar yo‘lovchisi esa kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Shuningdek «Damas» avtomashinasi haydovchisi Bo‘ka tumanida yashovchi Sh.S. va uning to‘rt nafar qolgan yo‘lovchilari turli  jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring