Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 2.3 mlrd. so‘mlik kredit pullari maqsadsiz ishlatib yuborilgan

Toshkentda 2.3 mlrd. so‘mlik kredit pullari maqsadsiz ishlatib yuborilgan

2017-yil mart oyida Shayxontohur tumanida yashovchi “Kar Oil” MChJ rahbari (ismi aytilmagan) Uchtepa tumanida yashovchi boshqa bir korxona rahbari nomiga kredit rasmiylashtirishni va ushbu pullarni maqsadli sarflash evaziga katta miqdorda foyda olishni aytgan.

Bu haqdagi ariza Toshkent shahar IIBBga 2018-yil 3-noyabr kuni tushgan. “Kar Oil” rahbari aldov yo‘li bilan Shayxontohur tumanida joylashgan bank filialidan narigi korxonaning nomiga 2 mlrd. 300 mln. so‘m miqdorda kredit olgan va ushbu pullarni maqsadsiz o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan “Kar Oil” MChJ rahbari qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring