Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 87-avtobusda yong‘in chiqdi

Toshkentda 87-avtobusda yong‘in chiqdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkentning «Chinni bozori» - Qoraqamish 2/4 yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi «Mercedes-Benz Low Floor» rusumli 87-avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yong‘in soat 14:52da avtobus Uchtepa tumanidagi Ko‘kcha Darvoza ko‘chasidan o‘tayotganda sodir bo‘lgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in 15:01da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida transport vositasining motor bo‘lmasi yonib ketgan.

Haydovchi va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

Yong‘inga avtobusning yoqilg‘i tizimidagi buzilish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring