Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ayolni mashina urib yubordi

Toshkentda ayolni mashina urib yubordi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar o‘tish joyida ayolni mashina urib yuborgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha rasmiy xabar berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 aprel kuni soat 10.50 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida 2002 yilda tug‘ilgan R.I. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti  rusumli avtomashinasida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 1976 yilda tug‘ilgan U.E. ni urib yuborishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida piyoda tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring