Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «BMW X5» YTHga uchradi (foto)

Toshkentda «BMW X5» YTHga uchradi (foto)

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 12:10larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, To‘qimachi ko‘chasida, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. «BMW X5» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilgan. Avtomobil ag‘darilib ketgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring