Toshkentda chang sabab ko‘chalarga suv sepilmoqda
Toshkent ko‘chalarida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Yo‘l qoplamasini muntazam namlash changning bosilishiga va uning havoga ko‘tarilishini kamaytirishga yordam beradi.
Shu bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilmoqda. Bu nafaqat ko‘chalardagi namlikni oshirish, balki shahar muhitini yanada yoqimli qilishga ham xizmat qiladi.
Suv purkash, sug‘orish va favvoralar faoliyati birgalikda shahar mikroiqlimini yaxshilash, chang miqdorini kamaytirish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan, deyiladi hokimlik xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter