Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Lasetti» haydovchisi rulda uxlab qolib, ustunga urildi

Toshkentda «Lasetti» haydovchisi rulda uxlab qolib, ustunga urildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

17-iyul kuni taxminan soat 3:30da Yakkasaroy tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida 33 yoshli T.I. «Lasetti» rusumli avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, beton ustunga borib urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

YTH oqibatida jiddiy tan jarohati olgan haydovchi shifoxonaga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Fojiali YTHga haydovchining rulda uxlab qolgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring