Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Neksiya» portladi. To‘rtta avtomobilga zarar yetdi

Toshkentda «Neksiya» portladi. To‘rtta avtomobilga zarar yetdi

Foto: YXHBB

Bugun, 25-yanvar kuni soat 16:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Bo‘z 2» dahasi 6a-uy qarshisida to‘xtab turgan, haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan J.K. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobilning gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda YXHBB xabar berdi.

Portlash natijasida ushbu avtomobil yaqinida to‘xtab turgan «Neksiya-3», «Spark» va ikkita «Matiz» rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring