Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda prokuratura tergovchisi 13 yilga qamaldi

Toshkentda  prokuratura tergovchisi 13 yilga qamaldi

Foto: Xabar.uz

Aprel oyida Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi doirasida ushbu korxona rahbariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga tamagirlik yo‘li $50 ming pora sifatida olgan vaqtida qo‘lga olingandi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida, ochiq sud majlisida tuman sudining sudyasi Anvar Ikromovning raisligida 1983-yilda tug‘ilgan ilgari Uchtepa tuman prokuraturasida tergovchi lavozimida ishlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmatiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 210-moddasi 3-qismining «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, JKning 45-moddasiga asosan 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida va prokuratura idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring