Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Ashxobod parki yaqinida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 21-yanvar kuni taxminan soat 15.40 da Kichik xalqa avtomobil yo‘lida 35 yoshli Diyor T. boshqaruvidagi «Matiz», 46 yoshli Akbarjon A. boshqaruvidagi «Spark», 42 yoshli Dildora I. boshqaruvidagi «Toyota» hamda 47 yoshli Stanislav S. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobillar to‘qnashuvi ro‘y bergan.

YTH natijasida «Matiz» avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi 44 yoshli Baxodir M., «Toyota» haydovchisi hamda «Nexia» avtomobili yo‘lovchilari (36 yoshli Alfiya S. va 7 yoshli R.S.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Matiz» avtomobili yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qarama qarshi harakat yo‘nalishiga chiqqan.

Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring