Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yana avtobus yondi

Toshkentda yana avtobus yondi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 11-dekabr kuni Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida «4-avtobus saroyi» MChJga qarashli «Mercedes-Benz Low Floor» rusumidagi yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Erkin – Oloy bozori yo‘nalishida harakatlangan avtobus Navoiy ko‘chasidan yurayotganida to‘satdan olov olgan.

Yong‘in haqida navbatchi qismga soat 7:23da ma’lumot kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar sa’y-harakati bilan 7:29da yong‘in o‘chirilgan. Haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, avtobusning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik yong‘inga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring