Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yo‘l talashib, haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda yo‘l talashib, haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

2018-yil 2-dekabr kuni vaqtincha Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi B.T. o‘zining «Cobalt»  rusumli avtomashinasini A.Qodiriy ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida, shu yerda harakatlanib borayotgan noma’lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan «Lacetti»  rusumli avtomashinasi bilan yo‘l talashgan.

Natijada noma’lum shaxs avtomashinani to‘xtatib, B.T.ni yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumani Qorako‘l ko‘chasida yashovchi R.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring