Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yo‘qolgan qizlardan biri topildi

Toshkentda yo‘qolgan qizlardan biri topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Avvalroq ikki nafar voyaga yetmagan qizning bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB xodimlari ulardan birini topdi va qizni onasi bag‘riga qaytardi.

Bugun, 26-yanvar kuni ertalab bedarak yo‘qolgani e’lon qilingan 15 yoshli Diana Mannapova poytaxtning Bektemir tumanidan sog‘-salomat topildi.

«Aziz yigitlar va qizlar, boradigan joyingiz haqida doim ota-onangizni ogohlantiring. Axir ular sizdan xavotirlanishadi», deb murojaat qilgan Toshkent shahar IIBB.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring