Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Anhor» bo‘yida daraxt yonib ketdi

Toshkentdagi «Anhor» bo‘yida daraxt yonib ketdi

Foto: «0629.com.ua»

Kecha, 27-may kuni soat 18:01 larda «Anhor» kanali bo‘yida daraxt yongan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga soat 18:08 da yetib borgan. Yong‘in soat 18:14da o‘chirilgan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Shuningdek, shu kuni soat 19:34 larda 1949-yilda tug‘ilgan fuqaro V.A. uyining hammom va ayvon tom qismi — 25 kvadrat metr maydonda yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga soat 19:40 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:51 da o‘chirilgan. Yong‘in hammom isitish pechining qizib ketishi natijasida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring