Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentlik 13 yashar qiz o‘zining «o‘g‘irlanishi»ni uyushtirdi

Toshkentlik 13 yashar qiz o‘zining «o‘g‘irlanishi»ni uyushtirdi

Shu yilning 29-yanvar kuni, 13 yashar Oyqiz B.ning 39 yoshli otasi  Mirobod tuman ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, uning qizi maktabdan keyin qaytib kelmaganini aytadi.

Soat 15:00 da qizning onasi mobil telefoniga SMS-xabar keladi: «Agar qizingizni ko‘rishni istasangiz, men aytgan summani keltiring yoki uni boshqa ko‘rmaysiz».

Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida IIBB xodimlari qizning qayerda ekanini aniqlashdi. Oyqiz Chilonzor metrosi hududidan topildi.

Aniqlanishicha, Oyqizni hech kim o‘g‘irlamagan: qizning o‘zi «o‘zining o‘g‘irlanishini rejalashtirgan va amalga oshirgan».

Qizning so‘zlariga ko‘ra, u shu tariqa ota-onasi e’tiborini jalb qilmoqchi bo‘lgan. U bunday e’tibor o‘ziga juda kam qaratilayotganini aytgan. Olingan pulni esa muhtojlarga berishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring