Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik ona bedarak yo‘qolgan farzandini izlamoqda

Toshkentlik ona bedarak yo‘qolgan farzandini izlamoqda

Joriy yilning 4-yanvar kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi R.J. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, shu yil 3-yanvar kuni o‘g‘li 1992-yilda tug‘ilgan Behruz Jo‘rayev o‘zining boshqaruvidagi «Matiz» 01W914QA davlat raqamli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, B.Jo‘rayevni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan ushbu shaxs va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biror ma’lumotga ega bo‘lishsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi yoki «102» telefon raqami orqali xabar berishlarini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring