Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning qator hududlarida elektr ta’minoti uzilib qoldi

Toshkentning qator hududlarida elektr ta’minoti uzilib qoldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahri, Yashnobod tumanining ba’zi hududlarda 2 oktyabr kuni vaqtincha elektr ta’minotidan uzilishlar yuzaga keldi.

Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2-oktyabr 09:40da tuman hududida joylashgan yuqori kuchlanishli «Hosilot» podstansiyasining quvvati 10 kilovatt bo‘lgan qismida avariya holatida elektr energiyasidan uzilish sodir bo‘lgan.

Oqibatda Aviasozlar mavzesining 3 hamda 4-dahalarida, 58-sonli Xarbiylar shaharchasi, Yangiobod mavzesi, Asalobod hamda Dubovaya ko‘chalaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.

Mazkur nosozlik «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlariga kirishilgan. Jumladan, jamiyatning tegishli bo‘lim, xizmatlari, tezkor avariyani bartaraf etish brigadalari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rikdan o‘tkazish va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hududdagi barcha brigadalar zarur himoya vositalari, zarur elektr qurilmalari hamda maxsus avtotransport vositalari bilan jihozlangan. Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi, deyiladi xabarda. 

Elektr ta’minotidagi uzilishlar poytaxtning Yangihayot tumanida ham kuzatilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring