Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘xtasin akaning uyi ostidan «dinozavr» qoldiqlari chiqdi (foto)

To‘xtasin akaning uyi ostidan «dinozavr» qoldiqlari chiqdi (foto)

Foto: «Xalq so‘zi»

Farg‘ona viloyati Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i, Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi To‘xtasin aka o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski poli ostidan noan’anaviy ko‘rinishdagi hayvon qoldiqlari chiqdi. Topilmaning suyak tuzilishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir hayvonga qiyoslay olmagach, uni telefonida suratga oladi, deb yozmoqda «Xalq so‘zi».

«Hozir yashayotgan xonadonimiz 1969-yilda markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonida yangi infratuzilma barpo etish uchun qurilgan. Ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta hayvonga taxmin qila olmadim va qo‘shnilarni chaqirdim. Hamma har xil fikrlar, mulohazalar bildiryapti. Taxminimizcha, dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...» — degan To‘xtasin aka.

Xonadon egasining aytishicha, bu uylar barpo qilinguniga qadar bu yerlar yaydoq cho‘l yerlari bo‘lgan. Giyoh ham o‘smagan. Xonadonlar qoidalariga rioya etilmasdan, yerning qattiq qismigacha kavlanmasdan qurilavergan. Shuning uchun bu hayvon suyaklari bezarar saqlangan bo‘lishi mumkin.

«Bizningcha, bu noyob topilmaga mutaxassislarning ko‘magi zarurga o‘xshaydi. Arxeologlar ilmiy xulosa berishlari zarur. Kim biladi, hali bu hayvon qoldiqlari shu kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy farazlarni butunlay o‘zgartirib yuborar», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring