Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya shimolida avtobus halokatga uchradi, o‘n kishi halok bo‘ldi

Turkiya shimolida avtobus halokatga uchradi, o‘n kishi halok bo‘ldi

Foto: ««NTV»

Turkiya shimolidagi Chorum provinsiyasida avtobus halokati natijasida 10 kishi halok bo‘ldi va 18 kishi jarohat oldi. Jarohat olganlarning bir qismi og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilingan.

Turkiya shimolidagi Chorum provinsiyasi, Usmonjik tumani meri Hamza Qoratosh ma’lum qilishicha, Istanbuldan Toqatga ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Dastlab 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

«Mazkur avariya natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohat oldi, ulardan 10 nafari og‘ir ahvolda», — degan Qoratosh «NTV» telekanalidagi chiqishida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring