Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada poyezd yo‘lidan chiqib ketdi: 10 kishi halok bo‘ldi, 73 nafari jarohatlandi

Turkiyada poyezd yo‘lidan chiqib ketdi: 10 kishi halok bo‘ldi, 73 nafari jarohatlandi

Foto: «aa.com.tr»

Turkiyaning Tekirdog‘ viloyatidagi Chorlu tumanida Kapikule-Istanbul yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagoni relsdan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.

Foto: «aa.com.tr»

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat natijasida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 73 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ayub Gmyush xabar bergan.

«Jarohat olganlar ko‘p. Hudud o‘tish qiyin bo‘lgan joy bo‘lgani uchun tumanga maxsus texnika jalb qilingan. Jarohatlanganlarning aksariyati voqea joyidan evakuatsiya qilingan. Fojia sel yomg‘irlari natijasida ro‘y bergan, degan taxminlar bor. Tez orada vazirlik voqea yuzasidan rasmiy bayonot bildiradi», deya bayonot bergan Tekirdog‘ gubernatori.

Foto: «aa.com.tr»

Turkiya hukumati Tekirdog‘dagi temir yo‘l fojiasi natijasida ko‘p sonli qurbonlar va jabrlanganlar haqidagi xabarni tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring