Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uksus ichib joniga qasd qilgan kelin yuzasidan jinoiy ish ochildi

Uksus ichib joniga qasd qilgan kelin yuzasidan jinoiy ish ochildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining «Bog‘bonlar» mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar berilgandi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ta’kidlash joizki, 2022-yil 24-iyun kuni 29 yashar N.M. «uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish» tashxisi bilan RShTTYoM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan, uch kun o‘tib vafot etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring