Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Puldan poyandoz «yasagan» inkassator

Puldan poyandoz «yasagan» inkassator

Foto: «Ракурс»

AQShning Indiana shtatida inkassator mashinasidagi qariyb 600 ming dollar yo‘lga tushib qoldi. Bu haqda «Udivi.li» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasining orqa eshigi kutilmaganda ochilib ketib, pul solingan qoplar yerga tusha boshlagan. Shu tariqa jami 600 ming dollarga teng yigirmatalik qog‘oz pullar havoga sochilgan.

Inkassator pullardan «poyandoz» yasayotganini hatto payqamagan ham. Yaxshiyam yonidan o‘tib ketayotgan mashina haydovchisi ishora qildi. Bu paytga kelib esa ko‘pchilik odamlar cho‘ntaklarini qappaytirishga kirishib ketgandi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar terib olingan pullarni yaxshilikcha qaytarishni, aks holda ularni olganlar o‘g‘rilikda ayblanishini aytishdi. Bundan cho‘chigan ayrimlar pullarni qaytarishni boshladi.

Biroq qaytarib berilgan pullar yo‘qolgani bilan mos kelmadi. Politsiyachilar bir uyum pulni olib voqea joyidan juftakni rostlagan maktab avtobusi haydovchisini ko‘rishganini ta’kidlashgan. Yana oq pikapda kelib bir qop pul yig‘ib olgan to‘rt kishini ham ko‘rishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring