Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xizmat mashinasida ikki kishini urib qochgan xodim 7 yilga qamaldi (video)

Xizmat mashinasida ikki kishini urib qochgan xodim 7 yilga qamaldi (video)

Foto:«Xabar.uz»

Haydovchi T.Baxtiyorov Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lini kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib ketib voqea joyidan qochgan. Bu haqda  «Zamon» ko‘rsatuvida hikoya qilinadi.

Tekshiruvlar haydovchi Yangiyo‘l tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limida yetakchi mutaxassis ekanini va avtomashina tashkilot balansiga qarashli bo‘lganini ko‘rsatdi.

Damas yo‘lovchilardan birini 5-10 metrgacha sudrab borgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudi raisi Bahrom Toshpo‘latov sudlanuvchidan jabrlanuvchining oila a’zolariga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar undirilishi belgilanganini ma’lum qildi.

T.Baxtiyorov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi  «a» bandi, 117-moddasi «a» bandi bilan 3 yilga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan ayrildi va 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring