Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaylida 25 yoshli ona va uch farzandning jasadi topildi

Xo‘jaylida 25 yoshli ona va uch farzandning jasadi topildi

Foto: Illyustrativ foto

Ayrim OAVlarda 28-mart kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tuman, Sarshungul qishlog‘ida uch go‘dak va ular onasining jasadlari quduqdan topilgani haqida xabarlar tarqalgan.

«Kun.uz»ning Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga asoslanib xabar berishicha, Xo‘jayli tumanida 28-mart kuni fuqaro K.K.ning yashash xonadoni oldidagi 3-4 metr chuqurlikdagi aylana shakldagi quduq ichidan 1995-yilda tug‘ilgan U.T. va uning bir yashar o‘g‘li I.K.ning, uy ichkarisidagi yotoqxonadan ikki yashar M.K. va uch yashar K.I.larning murdalari topilgan.

«Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, U.T. va uning voyaga yetmagan farzandi X.I. nafas yo‘llariga suv tiqilishi oqibatida, M.X. va X.I.lar nafas yo‘llari bo‘g‘ilishi oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan», - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov borishi ustidan Bosh prokuraturaning alohida nazorati o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring