Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmdagi kanaldan ona va uning yangi tug‘ilgan chaqalog‘i o‘lik holda topildi

Xorazmdagi kanaldan ona va uning yangi tug‘ilgan chaqalog‘i o‘lik holda topildi

2018-yil 9-sentabr kuni soat 09:00 larda Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jayxun ko‘chasi hududidan oqib o‘tgan «Shovot» kanalidan Urganch tumani, Shohidonar mahallasida yashagan X. (1988-yilda tug‘ilgan ayol kishi) va uning voyaga yetmagan farzandi N. (2018-yilda tug‘ilgan qiz bola) larning murdalari topilgan.

Tergovga qadar tekshirish davomida aniqlanishicha, X. turmush o‘rtog‘i M. va qaynonasi Z.ning tikuvchilik qilish uchun sharoit yaratib berishmagani va 1-sentabr kuni turmush o‘rtog‘i uni ota-onasining uyiga olib bormaganidan xafa bo‘lib, hech kim bilan gaplashmasdan 8-sentabr kuni soat 15:00 larda yashash uyidan voyaga yetmagan farzandi N. ni olib chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring