Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakkasaroyda piyoda ikki mashina tagida qolib ketdi

Yakkasaroyda piyoda ikki mashina tagida qolib ketdi

2022-yilning 5-iyul kuni soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan Z.Yu. «Hyundai Santa Fe» rusumli avtomashinada harakatlanib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Zarba natijasida piyoda yiqilgan va bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvidagi «Toyota» rusumli avtomashina tagida qolib ketgan.

Natijada piyoda, 1980-yilda tug‘ilgan V.S. olgan tan jarahatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Uning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring