Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi ish haftasini qanday ob-havo bilan boshlaymiz?

Yangi ish haftasini qanday ob-havo bilan boshlaymiz?

Nukus shahri

Foto: O‘zA

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 15-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 ... 0 daraja, kunduzi +4 ... +6 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Nukusda kechasi -13 ... -8 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -10 ... -5, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi kutiladi. Kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +6 ... +11 daraja iliq bo‘ladi, Gulistonda esa kechasi -7 ... -2, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qarshida kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Termizda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushib, qor yog‘ishi mumkin. Kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring