Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda talaba rashk tufayli qasddan odam o‘ldirishga urindi

Yangiyo‘lda talaba rashk tufayli qasddan odam o‘ldirishga urindi

Joriy yilning 7-aprel kuni soat 01:30 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi A.A. (1993 y.t, Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi) fuqaro B.X. (1992 y.t, ishsiz) bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring