Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda chiqqan yong‘inda uchta uy zarar ko‘rdi, «Cobalt» mashinasi butkul yonib ketdi

Yunusobodda chiqqan yong‘inda uchta uy zarar ko‘rdi, «Cobalt» mashinasi butkul yonib ketdi

Foto: «Sputnik»

Bugun, 27-yanvar kuni ertalabki soat sakkizlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘in qo‘shni xonadonlarga ham tarqalgan. Yong‘in oqibatida 68 yoshli fuqaro jabrlandi, «Cobalt» rusumli avtomobil yonib ketdi, deb xabar bermoqda «Sputnik» nashri.

Xabarda qayd etilishicha, yong‘in «Anorzor» mahallasidagi 36-xonadondan chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 8:11 da yetib kelishgan. Soat 08:35 da yong‘in tarqalishi cheklangan va soat 09:18 da butunlay o‘chirilgan.

Umumiy hisobda 250 kv.metr maydon yonib ketgan. Yong‘in chiqqan uydan tashqari qo‘shni 34 va 38-uylarning tomining zarar ko‘rgan.

Ayni damda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring