Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

500 dollar ta’ma qilgan ayollar o‘zi qazigan chohga tushdi

500 dollar ta’ma qilgan ayollar o‘zi qazigan chohga tushdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

10 mart sanasida Mirzo Ulug‘bek tuman ichki ishlar organiga 19 yoshli Erkin Yu murojaat qildi. Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar bergan.

Erkin Yu. o‘z murojaatida 31 yoshli Durdona I. va 33 yoshli Maxfuza X. tomonidan 500 dollar ta’ma qilinayotganini aytib o‘tgan va ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Murojaatda qayd qilinishicha, o‘z vaqtida talab qilingan pul berilmasa, ayollar huquqni muhofaza qilish organlariga shikoyat qilib, Erkinni nomusga tegishda ayblashlarini aytib, tahdid qilishgan.

Har ikki ayol pulni olish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Durdona I. va Maxfuza X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan («Ta’magirlik») jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring