Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi notarial idoralardagi muammolar yuzasidan Ekspertlik komissiyasini tuzdi

Adliya vazirligi notarial idoralardagi muammolar yuzasidan Ekspertlik komissiyasini tuzdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Bugungi kunda aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlarning sifati va tezkorligining past darajadaligi, notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlar, notarial harakatlarni bajarishdagi amaliyotdagi muammolar, mavjud byurokratik to‘siq va g‘ovlar aholining ushbu tizimga bo‘lgan ishonchini pasaytirmoqda.

Shunga ko‘ra, amaliyotdagi mavjud muammolarni bataraf etish va notariat tizimini zamon talablariga mos keladigan sohaga aylantirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida notariat sohasida yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha Ekspertlik komissiyasi tashkil qilindi, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. 

Ekspertlik komissiyasi tarkibiga jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi 7 nafar a’zodan iborat bo‘lib, uning tarkibiga  huquq sohasidagi yetakchi mutaxassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari kiritildi.

Komissiyaga notarial harakatlarni amalga oshirishda joylardagi  mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal qilish, sohada bir xil amaliyotni ta’minlash, qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga, fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilishga, ularni turli xil ovvora-sarson qilishga shart-sharoit yaratuvchi qoidalar va normalarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, komissiyaga notarial harakatlarni bajarish uchun taqdim qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartirish, fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiligini oldini olish maqsadida notarial harakatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni elektron tizim orqali olish hamda qonunchilikda notarial tasdiqlash majburiy talab qilinadigan bitim va hujjatlarning turlarini qisqartirishning qonuniy yo‘llarini izlab topish vazifalari topshirildi.

Ekspertlik komissiyasining tashkil qilinishi kelgusida notariat sohasida amaliyotdagi muammolarni qonuniy hal qilish, bir xillikni ta’minlash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring