Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi statistika qo‘mitasi xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirdi

Adliya vazirligi statistika qo‘mitasi xodimlarining  huquqiy bilimlarini oshirdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy maslahat kurslarini tashkil etishda davom etmoqda.

Shu kungacha o‘quv kurslari Mudofaa, Maktabgacha ta’lim, Qishloq xo‘jaligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Jismoniy tarbiya va sport, Innovatsion rivojlanish vazirliklari va uning tarkibidagi tizimlarda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu kurslardan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, sohaga doir qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ularga batafsil tushuntirishdan iboratdir.

Kurslar «respublika – viloyat – tuman (shahar)» uch pog‘onali prinsipi bo‘yicha tashkil etib kelinmoqda.

Bugun, 21-iyun kuni Statistika qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv kursi ham odatdagidek 5 ta yo‘nalish (modul) bo‘yicha o‘tkazildi. Xodimlarga Konstitutsiya va inson huquqlari, mehnat qonunchiligi normalari, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurash hamda soha faoliyatiga oid qonunchilik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Mashg‘ulotlar sodda va tushunarli tilda, turli innovatsion usullardan foydalangan holda tashkil etildi.

O‘quv kursida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, Toshkent davlat Yuridik universiteti professor o‘qituvchilari va Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘uloti davomida faqat huquqiy ma’lumotlar berish bilan cheklanilmasdan, xodimlarning qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasi o‘rganilib, ularni qiziqtirgan 50 ga yaqin savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring