Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligida bank sohasidagi qonunchilik takomillashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vazirligida bank sohasidagi qonunchilik takomillashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov 2019-yil 20-fevral kuni Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha moliya, raqobatdoshlik va innovatsiyalar bo‘yicha Global amaliyot direktori Alfonso Garsiya Mora boshchiligidagi Jahon bankining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun: missiyaning maqsadi –«Institutsional salohiyatni oshirishda texnik yordam» kreditini va yangi innovatsion kreditni tayyorlash bo‘yicha Jahon banki guruhining joriy va rejalashtirilgan ishlarini muhokama qilishdir.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini, bank sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mavjud huquqiy tartibga solish mexanizmlari va bozor iqtisodiyoti talablari o‘rtasidagi mos kelmaslik – bozor iqtisodiyoti prinsiplarini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillardan biridir. Investorlarning qarorlariga qonunlar va huquqni qo‘llash amaliyoti bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda ko‘plab ishlar amalga oshirilib, o‘zgarishlar davom etmoqda. Uchrashuv davomida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida fuqarolik qonunchiligini isloh qilish nazarda tutilganligi ta’kidlandi. Eng avvalo, bu – iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning ustuvor rolini oshirish va huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va teng sharoitlarni yaratish, investitsion muhitni yaxshilashdir.

R. Davletov mehmonlarga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va vazirlikning faoliyati, xususan, qonunchilik bazasini mustahkamlash va aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli va izchil chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlikka dalat boshqaruvi samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llashni o‘rganish bo‘yicha yangi vazifalar topshirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring