Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Advokatlarning sudga telefon olib kirishiga ruxsat berildi

Advokatlarning sudga telefon olib kirishiga ruxsat berildi

Foto: «Norma»

Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun ochiq sud majlislariga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega bo‘ldi.

«Norma» nashrining xabar berishicha, cudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Belgilanishicha, advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Jinoyat-protsessual kodeksning 19-moddasiga (ochiq va yopiq sud majlislari o‘tkazilishini tartibga soladi) qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega. Yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak, sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinoga olishga esa, ilgarigidek, faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, audioyozuv vositalari faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa fuqarolar tomonidan sud binosiga olib kiriladigan buyumlar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Bundan tashqari, belgilanishicha, sud majlisini ommaviy axborot vositalarida translyasiya qilish endi «qonun hujjatlarida belgilangan tartibda» amalga oshiriladi. Ilgari bunga raislik qiluvchi ruxsat berishi mumkin edi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2018-yil 26-iyuldan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring