Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSh dollarini o‘marishdi

Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSh dollarini o‘marishdi

Foto: «Pravda.Ru»

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarning jinoyati fosh bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, mazkur bank mijozlari hisoblangan 10 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning valyuta hisob-raqamlarida bo‘lgan 759 ming AQSh dollarini ularning xabarisiz boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning hisob raqamlariga noqonuniy o‘tkazib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring