Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura akademiyasi bir yoshda

Bosh prokuratura akademiyasi bir yoshda

Foto: Bosh prokuratura

Joriy yilning 16-17 may kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan «Huquqni muhofaza qilish sohasida ilmiy va ta’lim salohiyatini oshirish: mavjud tendensiyalar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda ilm-fan va ta’lim sohasidagi 50 dan ziyod xorijiy ekspertlar, shuningdek 21 davlat va 11 xalqaro tashkilotlarning amaliyotchilari ishtirok etishdi.

Konferensiya dasturiga muvofiq, amaliy mashg‘ulot va masofaviy ta’lim uchun barcha zarur sharoitlari mavjud bo‘lgan Bosh prokuratura Akademiyasining yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar yakunida Xalqaro (IACA) va Malayziya (MASA) korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyalari, Turkiya Adliya akademiyasi, Ukraina prokuraturasining Milliy akademiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasining prokuror xodimlarini kasbiy tayyorlash markazlari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring