Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 100 ga yaqin kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi

Buxoroda 100 ga yaqin kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi

Foto: Xabar.uz

«Bir kunda o‘nga yaqin fuqarolardan plasti k karta raqamlaridan pul yechib olinayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushadi. Bir necha kun ilgari salkam yuzga yaqin fuqarolarni chuv»tushirgan shaxslar aniqlandi», — dedi «Xabar.uz»ga viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Bildirilishicha, noma’lum shaxs tomonidan Romitan tumani Bog‘iturkon mahallasida yashovchi fuqaro O.J.ga tegishli bo‘lgan - «Agrobank» tomonidan berilgan plastik kartasidan hamda 7 nafar shaxsning jami 12 400 000 so‘m pullari yechib olingan. Shuningdek, bir nechta fuqaroning jami 452 AQSh dollari ham yechib olingani kuzatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor-texnik surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyat G‘ijduvon tumanida yashovchi 21 yoshli U.F. tomonidan sodir qilgani aniqlangan.

«Xuddi shunday holat Peshku tumani, Ibn Sino mahllasida yashovchi fuqaro G.H.ga nisbatan ham sodir etilgan. G.H.ning plastik kartasidan 1 600 000 so‘m miqdoridagi pullari yechib olingan. Tergov harakatlari davomida G.H.ning namanganlik fuqaro R.Sh. bilan telegramm tarmog‘i orqali uzoq vaqtdan beri suhbatlashib kelgani, suhbatlar davomida u namanganlik shaxs bilan odamlarning aldanayotgani xususida ham gaplashishgani aniqlandi. Suhbatdosh unga go‘yoki  plastik kartasini xavfsizlantirib berishini bildirgan. G.H. unga ishongan va u so‘ragan kerakli ma’lumotlarni bergan. Oli  borilgan tezkor-texnik surishtiruvlar davomida jinoyat aynan fuqaroning namanganlik suhbatdoshi tomonidan sodir etilgani oshkor bo‘ldi»,  – deydi Shuhrat Jalolov.

Yana boshqa holatda qayd etilishicha, Buxoro shahrida yashovchi 54 nafar fuqarolarning plastik kartasidan jami 391 872 000 so‘m va 6 100 AQSh dollari firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilgani aniqlangan. Ushbu jinoyat Buxoro  shahrining Sobungar ko‘chasida yashovchi 23 yoshli D.J. tomonidan sodir etilgan.

Hozirgi kunda ushbu jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarning boshqa xuddi shu tarzdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring