Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dauletmurat Tajimuratov jazo muddatini qanday o‘tayotgani ma’lum qilindi

Dauletmurat Tajimuratov jazo muddatini qanday o‘tayotgani ma’lum qilindi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari a’zolari Navoiy shahrida joylashgan 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi.

Jamoatchilik guruhlari a’zolari tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, «Yuksalish» harakati va «Huquqiy tayanch» NNT raislari ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishgan.

Tashrif davomida, mahkumlar bilan suhbatlashildi, koloniyaning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, davolash bo‘limi, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududidagi sharoitlar o‘rganilgan.

«Mahkumlarning yotoq joylari ko‘zdan kechirilganda, ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashildi. Suhbat davomida D.Tajimuratov koloniyadagi sharoitlar Ombudsman tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari natijasida yaxshilanib borayotganini, oziq-ovqat ta’minoti yaxshiligini, qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligi, davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tibbiy  yordam kerak bo‘lganda vaqtida yordam ko‘rsatilayotganligini ma’lum qildi.

Koloniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbatlarga va amalga oshirilgan o‘rganishlarga ko‘ra, D.Tajimuratov qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muddatini o‘tamoqda. Uning Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan huquqlari ta’minlamoqda va ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlar tatbiq etilmoqda. Alohida cheklovlar o‘rnatilmagan yoki imtiyozlar taqdim etilmagan. Shuningdek, o‘tkazilgan suhbat davomida unga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirib o‘tildi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Nukus voqealarining asosiy «figuranti» – Tajimuratov 16 yilga qamalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring