Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlari oshiriladi

Davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlari oshiriladi

Foto:«Xabar.uz»

«Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etadi. Bundan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jumladan, davlat xizmatchilariga o‘zlarining sohasiga doir qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish hamda ular ishtirokida sohaga oid huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni atroflicha muhokama qilish va yechimini topish choralarini ko‘rishdan iboratdir.

Ushbu kurslar «respublika – viloyat – tuman (shahar)» tamoyili bo‘yicha tashkil etiladi, ya’ni butun respublika bo‘ylab barcha darajadagi tashkilotlar qamrab olinadi.

Shu maqsadda maxsus ishchi guruh tashkil etildi va o‘quv kurslarining dasturi hamda mashg‘ulotlar jadvali tasdiqlandi.

Mashg‘ulotlar davomida faqat huquqiy ma’lumotlar berish bilan cheklanilmaydi, balki davlat organlari xodimlarining qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasi o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Buning uchun davlat organlari bilan hamkorlikda maxsus so‘rovlar va test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mashg‘ulotlar sodda va tushunarli tilda, turli innovatsion usullardan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Bundan tashqari davlat organlari xodimlariga o‘z sohasiga oid qonun hujjatlarini aholi orasida targ‘ib qilishning innovatsion usullarini o‘rgatish uchun maxsus mahorat darslari ham o‘tkaziladi va zarur tavsiyalar beriladi.

O‘quv kurslari shu oyining oxirida boshlanadi va (har oyda) tasdiqlangan jadval asosan ikkita vazirlik va idora qamrab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring