Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doimiy propiska qiladigan tashkilotlar: bittaga kamaydi va bittaga ko‘paydi

Doimiy propiska qiladigan tashkilotlar: bittaga kamaydi va bittaga ko‘paydi

Foto: «Nuz.uz»

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori bilan «Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Ro‘yxati»ga o‘zgartirishlar kiritildi.

«Norma» nashrining xabar berishicha, unga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi kiritildi. Tegishincha uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri ham endi vazirlik xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani imzolashga haqli.

Shuningdek, qayta tashkil etilgan O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi ushbu ro‘yxatdan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi «Kommunxizmat» agentligiga o‘zgartirilgan bo‘lib, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzilmasiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun: davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga propiska qilinishi lozim (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Ro‘yxati). Poytaxt yoki poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish huquqi 11-bandga asosan propiska qilinganlarda lavozimda kamida 3 yil bo‘lgandan keyin vujudga keladi.

Fuqarolarning mazkur toifasi doimiy propiskani rasmiylashtirishda tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasini hamda lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani taqdim etishlari kerak.

Kiritilgan tuzatishlarni inobatga olgan holda hammasi bo‘lib 63 ta organ va tashkilot Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarini doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishga haqli.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 27-dekabrdan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring