Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX sobiq raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan! Bosh prokuratura buni tasdiqladi

DXX sobiq raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan! Bosh prokuratura buni tasdiqladi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sobiq raisi I.Abdullayev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani tasdiqlandi. Bu haqda bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, DXX raisining sobiq birinchi o‘rinbosari J.Egamov va Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari B.Dehqonov ham ayni jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan. Mazkur jinoyat ishiga jami o‘nga yaqin mansabdor ayblanuvchi tariqasida jalb etilgani ta’kidlandi.

Sobiq mansabdorlar qanday jinoyatlarda ayblanayotganiga ochiqlik kiritilmadi. Buni Bosh prokuror o‘rinbosari holatlar davlat sirlariga bog‘liq ekani bilan izohlab, tergov yopiq tarzda o‘tkazilayotganini urg‘uladi.

Ma’lumki, general  Ixtiyor Abdullayev  roppa-rosa bir yil (2018-2019-yil) DXXga rahbarlik qildi.  Sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani aytilgan I.Abdullayev uzoq yillar respublika rahbarlik idoralarida,  2015-2018-yillarda esa  O‘zbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan. 

J.Egamovning DXX raisi birinchi o‘rinbosari sifatidagi faoliyati bir yilga yetmagan.

Keyingi ikki yil nari-berisida Oliy sud raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan B.Dehqonov ilgari Respublika harbiy prokurori, Andijon va Samarqand viloyati prokuraturalarini boshqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring