Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada prokuror qo‘lga olindi

Farg‘onada prokuror qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

18-yanvar kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘koni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini, go‘yoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Shu kuni mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring