Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farroshlikning «stavka»si 1,5 millionmi?

Farroshlikning «stavka»si 1,5 millionmi?

Illyustrativ surat

Sarlavhadan ajablanyapsiz-a? Rost, farroshlik katta amal emas, quruq maoshdan boshqa «daromadi» ham yo‘q, illo bilganga xayrli ish bu. Axir tozalik va ozodalikka mas’ul bo‘lmoq, shu orqali halol rizq topishda hikmat katta. Biroq bizning aqlli quloqlarimizga bu vazifa negadir ikki yoki uchinchi «navli» ishday eshitilaveradi-da. Mayli, bunaqa gaplarni qo‘yib, e’tiborni ro‘y bergan voqelikka qaratsak.

N. ismli ayol Buxoro viloyati Kogon shahar hokimligi «Aholini bandlikka ko‘maklashish» markaziga bosh urib keldi. Markazning mas’ul xodimi G‘.M. ishsizlikdan tang ahvolga tushayozgan fuqarodan tama qilishi, juda yumshoq aytganda, insofdanmi? Kogon shahar Tibbiyot birlashmasiga farrosh vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga bir yarim million so‘m talab qilganini qarang?! Ishsizlikdan bo‘lari bo‘lgan, boshqa chorasi yo‘q, degan xayolga borgandir-da, noinsof!

Yo‘q, chorasi bor. Choraki, G‘.M.ga o‘xshash  kimsalar bunday vazifada o‘tirmasligi kerak. Buning uchun tegishli organga murojaat qilish kifoya. Ayol shunday qildi. Natijada 2018 yil 13 noyabr kuni G‘.M. o‘z xizmat xonasida fuqaro N. dan 1 500 000 so‘m pulni olgan vaqtda Bosh prokuratura Departamentining Kogon tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi...

Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.

M. Shakarova


Mavzu doirasida

Berlinlik farrosh lotereyada 90 million yevro yutdi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring