Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulnora Karimova o‘margan pullar qaytarilyaptimi?

Gulnora Karimova o‘margan pullar qaytarilyaptimi?

Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan OAV vakillarining uchrashuvida bir mavzudan chetlab o‘tishning iloji yo‘qdek. Mavzuki, Gulnora Karimovaga taalluqli.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ayni mavzu yana ko‘tarildi.

Avvaliga uning salomatligi so‘raldi: tuzukmi?

Javob mazmuniki, sog‘ligi qoniqarli, jazoni o‘tashiga monelik qilmaydi.

Yana so‘raldi: uning xorijdagi aktivlarini qaytarish bo‘yicha qanday yangiliklar bor?

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashevning izoh berishicha, xorijdagi aktivlarini qaytarish murakkab jarayon. Bunday masala xalqaro huquq me’yorlariga asosan chet davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Demak, mavzu hali beri kun tartibidan tushmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring