Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirilgani haqida xabar bergandik.

Jumladan, polkovnik Toshpo‘latov Aziz Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Shuningdek, polkovnik Qodirov Doniyor Baxtiyorovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, polkovnik Toshxo‘jayev Doniyor Baxtiyarovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, respublikamizning uchta viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring