Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimini urib, tepib, haqoratlagan shaxs qamaldi

IIB xodimini urib, tepib, haqoratlagan shaxs qamaldi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida turli yillarda 4 marotaba jazo muddatini o‘tagan shaxs bu gal IIB xodimini urib, tepib, haqoratlagani uchun yana 3 yilu 6 oyga qamaldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat Qorako‘l tumani «Chekirchi» mahallasida sodir bo‘lgan.

Voqeaga ko‘ra, tungi soat 01:20 larda mahalladagi ko‘p qavatli uylarning pastki qavatida ikki nafar erkak Sh.J., A.L. hamda bir nafar ayol M.S.lar jamiyatda yurish-turish qoidalarini unutib, dasturxon tuzab, kalonkada musiqa eshitib, mast holda «qiy-chuv»lashib, dam olayotgan aholiga halal berishgan. Qo‘ni-qo‘shnilarning ogohlantirishlariga qaramay, odob-axloqqa zid xatti-harakatlarda davom etaverishgan. 

Ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaat yuzasidan xodimlar tezkor harakatga tushishgan va to‘rt nafar IIB xodimlari voqea joyiga yetib kelishgan. Spirtli ichimlik iste’mol qilgan ayol ichki ishlar xodimlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qila boshlagan. Uning sheriklari bo‘lgan erkaklar ham o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan xodimlarni sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashgan. Ularning qonuniy talabalarini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga hamda qonunga xilof harakatlarni sodir qilishga majbur qilgan.

Sh.J. ichki ishlar xodimlariga o‘zlarini tinch qo‘yishni shovqin ko‘tarib aytgan. Shisha idishni qo‘liga olib, yerga urib sindirib, ichki ishlar xodimlaridan biriga yaqinlashgan. «Bu yerdan yo‘qolmasalaring, tomirimni kesib tashlayman, sanlar javob berasanlar» deb po‘pisa qilgan. Xodim Sh.J.ni tinchlantirishga uringan. Shu payt Sh.J. ichki ishlar xodimiga tashlanib, uni urib, tepib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. Bu vaziyatda boshqa xodimlar spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan fuqaroni ushlab, qo‘llariga kamar taqib,  uch shaxsni hushyorxonaga olib ketishgan.  Mast holatdagi ikki erkak va ayol tilga olib bo‘lmas haqoratomuz so‘zlar bilan baqir-chaqir qilishda davom etishdan to‘xtashmagan.

Sudda so‘roq qilingan sudlanuvchi Sh.J. aybga iqrorlik bildirgan va o‘z hatti-harakatini mastlik holatida bilmagan holda yuzaga keltirganini bildirgan. Biroq, uning shaxsi o‘rganilda, 39 yillik umri davomida Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan turli yillarda 4 marotaba jazo muddatini o‘tab chiqqani aniqlangan.

«O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ayblangan Sh.J.ga nisbatan 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanildi. U tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘taydigan bo‘ldi»,— dedi sud raisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring