Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Islomshunos ishi»: sudda ayblov isbotini topmadi

«Islomshunos ishi»: sudda ayblov isbotini topmadi

Foto: «Azon.uz»

Toshkentdagi «Azia.uz» supermarketi mutasaddilarining shikoyati yuzasidan taniqli islomshunos Mubashshir Ahmadga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgani, «ish» sudda ko‘rilish arafasida ekani haqida xabar bergan edik.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-moddasi («tuhmat») bilan ayblanib, sudga oshirilgan ma’muriy ish bugun nihoyasiga yetdi.

Olmazor tumani ma’muriy sudi sudyasi Sh. Inamdjanov chiqargan qarorga ko‘ra, ayblov tasdig‘ini topmadi. Bu Mubashshir Ahmad sudda oqlanganini anglatadi.

Ma’muriy ish tafsilotlariga atroflicha to‘xtalishga hozircha qonun izn bermaydi. Negaki, sud qarori endigina e’lon qilindi va u yigirma kundan keyin (tomonlardan shikoyat tushmasa) qonuniy kuchga kiradi.

Demak, mavzuga qaytish ehtimoli yo‘q emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring