Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Javobgarlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qilgan marhumga hukm o‘qildi

Javobgarlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qilgan marhumga hukm o‘qildi

Foto: NewsNN

2019-yil 5-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat Konimex tuman sudining sayyor sud majlisida jinoyati bo‘yicha javobgarlikdan qutulish maqsadida o‘z joniga qasd qilib vafot etgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «O‘zA»da chop etilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahhorovning maqolasida ma’lum qilindi.

Sudlanuvchi Abror (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2017-yil 5-avgust kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi Komil va Jasur bilan og‘zaki kelishgan holda 147 bosh qo‘y va 120 bosh barrani 800 ming so‘m oylik, har oyiga un, yog‘ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda yiliga 12 bosh qo‘y olish sharti bilan boqib berishni va’da qilgan.

2018-yil 12-oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida uning ixtiyorida bo‘lgan mayda shoxli mollardan 31 boshini Akmalga 12 mln. 400 ming so‘mga, 5 boshini Ravshanga 800 ming so‘mga, Dilshodga 13 mln. 800 ming so‘mga, 22 bosh qo‘ylarni Toshtemirga 3 mln. 500 ming so‘mga, yana 7 boshini noma’lum shaxslarga sotib yuborgan.

2018-yil 15-oktyabr kuniga qadar jabrlanuvchi Komilga jami 267 bosh miqdorda mayda shoxli mollarini qaytarmay, jami 114 mln. 975 ming so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

Sudlanuvchi Abrorning aybi, jabrlanuvchining arizalari, bayonnomalar, tilxat, ma’lumotnomalar va jinoyat ishi hujjatlarida mavjud bo‘lgan boshqa inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan to‘liq isbotini topgan.

Abror esa javobgarlikdan qutulish maqsadida o‘z joniga qasd qilib vafot etgan.

Sudlanuvchining qonuniy vakili Zoir Komil va uning qarindoshlari Abrorni qo‘rqitgan bo‘lishlari, oqibatda o‘zini-o‘zi o‘ldirishga majbur bo‘lganini yoki uni cho‘lda o‘ldirib, keyin osgan bo‘lishlari mumkinligi haqidagi vajlarni keltirdi.

Sud esa holatni tahlil qilib, Abror o‘z joniga qasd qilganligini surishtiruv va ekspert xulosasiga asosan tasdiqladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan qonun talablaridan kelib chiqib, Abrorni Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining «a» bandi bilan aybli deb topdi. Unga JPKning 463-moddasi 3-qismining 5-bandiga asosan jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqardi.

Jabrlanuvchi va boshqa manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring