Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastr hujjati necha kunda tayyor bo‘ladi?

Kadastr hujjati necha kunda tayyor bo‘ladi?

Foto: «Vsemetri.com»

«Assalomu alaykum. Men 1 oy oldin kvartira sotib olgandim. Oldi-sotdi shartnomasini ertasi kuni kadastrga berganman. 1 oydan oshik vaqt o‘tdiki hali kadastr hujjati tayyor bo‘lmaganligini aytishyapti. O‘zi qonunan qancha ish kunida men uy kadastr hujjatini olishim kerak?»

Ushbu savolga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali javob qaytardi.

Amaldagi tartibga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur hujjatlar mavjud bo‘lganda — 2 kun mobaynida amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan hujjatlarda tuzatishga vaqt talab qilinadigan sezilarli bo‘lmagan kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda esa bu muddat 7 kungacha cho‘zilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring